XOJKIN

XOJKIN (Hodgkin) Alan Lloyd (1914.5.2, Binberi, Oksfordshir, Angliya) — ingliz fiziologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1948) va prezidenti (1970—75). Kembrij universitetini tugatgan (1936). Shu universitet prof. (1952-y. dan), Lester universiteti rektori (1971-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari nerv hujayralari fiziologiyasi, nerv qoʻzgʻalishi va tormozlanishi mexanizmlarini oʻrganishga oid. Biopotensiallarning hosil boʻlishi hujayra membranalari orqali ionlarning oʻtkazilishi bilan bogʻliq ekanligini nazariy va eksperimental isbotlab bergan. Nerv tolalarida potensiallar taʼsiri mexanizmlarini tadqiq qilish maqsadida membranalarda potensiallarni oʻlchaydigan original usulni ishlab chiqqan. Nerv impulslari hosil boʻlishida ion gradiyentlarining ahamiyati toʻgʻrisidagi asosiy nazariya muallifi. Nobel mukofoti laureati (1963; hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x