XOJA JARROH YODGORLIK MAJMUASI — Qarshi sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Sohibqiron Amir Temur 14-a. oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn alJarroh qabri xokidan keltirib Qarshi sh. da dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-a. 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые