XOJA BAHRIDDIN MAQBARASI

XOJA BAHRIDDIN MAQBARASIToshkent sh. dagi meʼMoriy yodgorlik (19-a. oʻrtalari); sufiylik tariqati vakili Xoja Bahriddin dono qabri ustiga qurilgan. «Qoʻshchimozor» qabristonida joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli qilib pishiq gʻisht (24,5x25x4,5 sm)dan qurilgan xona va uning gʻarbidagi sinch devorli oldi ayvonli ziyoratxonadan iborat. Makbara tarhi toʻrtburchak (4,6X5,4 m), devorning tashqi sirtidagi gʻisht choklari ganch qorishmasi bilan toʻldirib, tekislangan. Peshtoqning gʻarbiy tomonidagi derazadan xonaga yorugʻlik tushadi. Maqbara ichki devorlariga ravoqlar ishlangan. Gumbaz (diametri 2,5 m) va xonaning tomonlari teng, gumbaz ostidagi davra devor Toshkent meʼmorligiga xos, yaʼni tepaga tomon kichrayib boradi; gumbaz poygumbazdan gʻishtin sharafa bilan ajratilgan. X. B. m. Toshkent meʼmorligi anʼanalarida qurilgan maqbara namunasidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x