Xoja Ahror Valiy jome masjidi


Post Views:
1 074

XOJA AHROR VALIY JOME MASJIDI (15-asr) (Shayxontohur tumani, «Gulzor» mahallasi, Haqiqat ko‘chasi, 22) – me’moriy yodgorlik. Xoja Ahror qurdirgan, shaharning bosh jome masjidi bo‘lgan, Usmon Qur’oni shu yerga keltirilgan edi. 1875 yil chor ma’murlari tomonidan buzib tashlangan. Usmon Qur’oni Samarqandga olib ketilgan. 1886 yil mahalliy aholi noroziligidan xavfsiragan chor ma’muriyati masjid binosini qayta qurib bergan. 1999 yil masjid poydevorini buzish paytida uni shu yili qurilgani haqidagi yozuv topilgan. Ammo ruslar tomonidan bunyod etilgan bu inshoot masjid bo‘lmay, kelgusida cherkovga mo‘ljallangan bo‘lgan. Masjid binosi ichida mehrob o‘rniga ikona o‘rnatadigan xochchalar qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 yanvardagi farmoyishiga asosan masjid qayta tiklangan va 1998 yil 16 iyulda ro‘yxatga olinib ishga tushirilgan. Masjid binosi 3000 namozxonga mo‘ljallangan. Asosan «Gulzor» mahallasi, Chorsu bozoridagi sotuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/xoja-ahror-valiy-jome-masjidi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x