Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Baʼzi faqirlarni bilaman. Ularning puldan boshqa narsalari yoʻq.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Shunday insonlar borki, xorijda taʼlim olishadi. Kasal boʻlishsa, xorijda davolanishadi. Sayohatga ham xorijga chiqishadi. Ularning yurt ichida qiladigan yagona ishlari – Vatanga xiyonat qilish, uning molini oʻgʻirlashdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Axloqning asosi – yolgʻondan butunlay tiyilishingdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
- Katta aqllar fikrlar ustida tortishadi.
- Oʻrtacha aqllar voqealar ustida tortishadi.
- Mayda aqllar shaxslar ustida tortishadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kim asossiz holda yashasa, sharafsiz holda oʻladi.
Anis Mansur
*****
Xoh hozir boʻlsin, xoh keyin, barcha odamlar qilgan ishlarining badalini toʻlaydilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hatto muzdan pokroq va qordan tozaroq boʻlsang ham, chaqimchilikdan qochib qutulolmaysan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqiqiy yuz deb oʻylab yurganlarimizning yuzlaridan niqobning tushishidan koʻra ogʻriqliroq narsa yoʻq.
Ibrohim Fiqiy
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/xoh-hozir-bolsin-xoh-keyin-barcha-odamlar-qilgan-ishlarining-badalini-tolaydilar/