XOʻJAYEVA

XOʻJAYEVA Xolida (1916.1.1, Samarkand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Moskva drama studiyasini tugatgan (1930). Studiyada Lazokat (L. Appoqova, «Qon va suv»), Nadya (D. Furmanov, «Isyon»), Martin (Molyer, «Zoʻraki tabib») kabi rollarni ijro etgan. 1930—33 y. lar Buxoro teatri, 1933—87 y. lar Hamza teatrida, 1987 — 90 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktrisa. Ijroda bosiklik bilan eʼtiborni qahramon ichki kechinmalarini ochishga yoʻnaltirish X. ijodiga xos. Bu narsalar uning Halima (F. Zafariy, «Halima»), Laurensiya (Lope de Vega, «Qoʻzibuloq qishlogʻi»), Dilbar, Oʻlmas (K. Yashin, «Tormor», «Yondiramiz»), Xonzoda, Poshshooyim, Xolisxon (Hamza, «Boy ila xizmatchi», «Paranji sirlari»), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, «Lyubov Yarovaya»), Nina (M. Lermontov, «Maskarad»), Tatyana (M. Gorkiy, «Meshchanlar»), Xumorxon (A. Qahhor, «Ogʻriq tishlar»), Shamsiqamar (M. Abliyev, «Shamsiqamar»), Gavharshod begim (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Boʻston (S. Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Oynisa (Oʻ. Umarbekov, «Kuzning birinchi kuni») kabi rollari talkinida namoyon boʻldi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x