XOʻJAMAZGIL MAKONI — yuqori paleolit davriga oid makon. Samarkand viloyati Bulungʻur tumanining Xoʻjamazgil qishlogʻi yaqinidagi qoya bagʻrida joylashgan. Mayd. taxm. 3 ga. Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya inti xodimlari oʻrgangan (1969). Xoʻjamazgil makonidan koʻplab tosh qurollar, xilmaxil pichoqlar, qirgʻichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые