XOʻJAKENT RASMLARI

XOʻJAKENT RASMLARIChatqol togʻ tizmasining gʻarbiy yon bagʻridagi qoyatoshlarga ishlangan rasmlar. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududa. 1949—50 y. larda arxeolog X. Alpisboyev topgan, A. Kabirov (70-y. lar), M. Xoʻjanazarov (80-y. lar) tomonidan oʻrganilgan. Bu noyob qoyatosh yodgorliga oʻzining mazmuni, mavzusi, uslub xususiyatlari va tuzilishi jixatidan rangbarangdir. Ularning ishlanish texnikasi, uslubi, saqlanishi hamda joylanishi, shuningdek rayem sirtining kuyish darajasi, baʼzi rasmlarning ustiga boshqa rasmlarning ishlanganligiga koʻra, ular bir vaqtda emas, balki bir necha tarixiy davr mobaynida vujudga kelganligi aniqlandi. Demak, Xoʻjakent rasmlarining eng qad. mil. av. 4—3ming yillikka mansub, mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmi va milod boshlariga taallukli rasmlar ham mavjud. Xoʻjakent rasmlarida odam, it, xoʻkiz, arxar, togʻ echkisi, kiyik, ot, oʻqyoy, handasiy shakl va b. tasvirlangan boʻlib, ular qattiq buyum (tosh, temir) bilan soya, oddiy chiziqlar, shakl koʻrinishi uslubida urib choʻkichlab ishlangan; rasmlar orasida bosheiz va qoʻlsiz qilib ishlangan uch ayol tasviri realistik tarzda nozik ishlangan. Qad. sanʼatda ayollar tasviri va haykalchalari juda kam uchraydi. Neolit va eneolit davriga oid arxeologik yodgorliklarning koʻpchiligidan ayollar haykalchalari topilgan, lekin shu davrga oid qoyatosh rasmlarida ayol tasvirlangan yodgorlik deyarli uchramaydi. Shu sababli Xoʻjakentdan topilgan uch ayol tasviri Markaziy Osiyoda neolit va eneolit davri uchun yagona va juda nodir hamda qimmatlidir. Rasmlarning aksariyati yaxshi saqlangan, ayrim rasmlargina tabiat hodisalari oqibatida yemirilgan, sinib tushgan va yorilgan. Xoʻjakent rasmlari arxeologik yodgorlik, qad. xalq hayotining baʼzi tomonlarini hamda shu joylarning hayvonot olami tarixini oʻrganishda tarixiy manba va ibtidoiy odamlarning tasviriy sanʼati sifatida muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x