XOʻJAYEVA Salimaxon Shoyusupovna

XOʻJAYEVA Salimaxon Shoyusupovna (1916.1.1 — Toshkent — 2004.9.6) — opera xonandasi (lirikdramatik soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1941) va Toshkent konservatoriyasi (1945)ni tugatgan. Navoiy teatrida yakkaxon xonanda (1941— 67). Katta Fargʻona kanali qurilishida (1939), 2-jahon urushi davrida harbiy qismlarda madaniy xizmat koʻrsatgan. Toshkent konservatoriyasi (1961—72), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati inti (1972—84)da pedagog.

Xoʻjayevaning yoqimli, jozibador ovozi, nurli chehrasi, yuqori vokal va aktyorlik maxrrati oʻzbek va chet el mumtoz operalarida ijro etgan asosiy partiyalarda namoyon boʻlgan: Layli («Layli va Majnun»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), ShirinFarhod va Shirin»), Tana («Er Targʻin», B. Brusilovskiy), Nigor («Koʻr oʻgʻli», U. Hojibekov), Tatyana, Liza, Iolanta (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Iolanta»), Karmen (J. Vize, «Karmen»), Lyubasha (N. RimskiyKorsakov, «Shoh qayligʻi») va b. Konsert repertuaridan oʻzbek xalq qoʻshiqlari («Qoshlari qalamlar» va b.), chet el kompozitorlari (Gendel, Motsart, Shubert, Glinka, Chaykovskiy va b.) asarlari keng oʻrin olgan. Shu bilan birga X. oʻzbek bastakor va kompozitorlarining qoʻshiq va romanslarining ilk ijrochisi sifatida ham tanildi: T. Sodiqovning «Bahor», M. Burhonovning «Tabassum qilmading», «Ishqida» va b., A. Muhammedovning «Alla», Ham. Rahimovning «Sevimli yor» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x