XMELNISKIY (1954-y. gacha Proskurov) — Ukrainaning Xmelniskiy viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. chorrahasi. Aholisi 254 ming kishiga yaqin (2004). X. 15-a. da istehkom sifatida vujudga kelgan (B. Xmelniskiy nomi bilan atalgan). 1793-y. gacha Polsha tarkibida, 1793-y. dan Rossiya imperiyasida. Mashinasozlik (transformator kichik styasi, temirchilikpresslash asbobuskunalari, radioapparatura, priborlar i. ch.), qurilish materiallari (gʻisht, temirbeton buyumlari zavodlari), oziq-ovqat (yogʻsir, goʻsht tarmoqlari), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj va b.), kimyo va b. sanoatlar rivojlangan. Maishiy xizmat koʻrsatish texnologiyasi inti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi, rus rassomi G. S. Vereyskiy (1886 — 1962) uymuzeyi mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые