DO`STLARGA ULASHING:
🚰»Xlorli suvdan foydalanish ham toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin» — dermatolog
🔸Gormonlar o‘zgarganda yoki ularning mutanosibligi buzilganda, endokrinologik, ginekologik kasalliklarda, ovqatlanish tartibi buzilib, ko‘p miqdorda gazli ichimliklar va yengil uglevodlarga boy mahsulotlar iste’mol qilinganda ham yuzga toshma va husnbuzarlar toshishi mumkin.
🔹Toshmalar ichki organizmda paydo bo‘lgan kasallik bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oshqozon-ichak kasalliklari va qabziyat bezovta qiladigan bemorlarda ham husnbuzar toshadi.
🌧Odatda, havoda namlik baland hududlarda yashaydigan kishilar husnbuzardan aziyat chekmaydi. Quruq iqlimli mintaqada yashaydiganlarni bu kasallik ko‘proq bezovta qiladi.
💧Shuningdek, tarkibida xlori ko‘p bo‘lgan suv ichish yoki yuvinish uchun foydalanish ham yuzdagi toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin. Xlorli suv yuzni quritadi, natijada yog‘ bezlari keragidan ortiq faollashib, yuzda husnbuzarlar ko‘payib boraveradi.
@doridarmonlar