XLOR-SIRKA KISLOTALAR

XLOR-SIRKA KISLOTALAR — organik birikmalar, sirka kislotaning 1,2 yoki 3 ta xlor atomi tutgan, mono, diva trixlorsirka kislotalari, SN2S1OON, SNSSSOON, SSSSOON. Mono va tri Xlor-sirka kislotalar rangsiz kristall moddalar; suyuklanish trasi tegishlicha 63° va 59,2°, qaynash trasi 189,3° va 197°. X. k. suv, spirt, atseton va efirda eriydi. Bularning ichida mono Xlor-sirka kislotalar muhim amaliy ahamiyatga ega. U nil boʻyoq va koʻpgina boʻyagichlar sintezida oraliq mahsulot sifatida, karboksimetilsellyuloza, uxlatuvchi modda — barbital, gerbitsidlar olishda ishlatiladi. Muz holatdagi sirka kislotani xlorlab va b. usullarda olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x