❗️Xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
Hukumat qarori (424-son, 02.08.2022 y.) bilan O‘zbekiston hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
🗓 Nizomga ko‘ra, xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yo‘ldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
⏩ Montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarning xizmat safari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
📝Tashkilotda xizmat safariga ketayotgan va qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsus jurnallarda “O‘zASBO” dasturiy majmuasida (yoki buxgalteriya hisobini yurituvchi axborot tizimida) elektron yuritiladi.
⏳ Xodimga u yuborilgan tashkilotdagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.
💰Agar xodim dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan bo‘lsa, kompensatsiya to‘lanadi.
❕Agar xodim xizmat majburiyatlarini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga safardan qaytgach boshqa dam olish kuni beriladi.
📌 Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir hududlarga yuborilgan xodimlarga o‘sha hudud uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar ham to‘lab beriladi.
➡️ Xodimga turar joy bilan bog‘liq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga borish hamda doimiy ish joyiga qaytish yo‘l xarajatlari qoplanadi, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
✅ Mehmonxona xarajatlarining bir kunlik qoplash miqdori tegishlicha BHMning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha miqdordan oshmasligi lozim.
🔘 Turar joyda yashaganligi bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.
📲 Qarorga ko‘ra, xizmat safarlari xarajatlari hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.