XIVA XONLIGI

XIVA XONLIGI — oʻzbek davlatchiligi tarixi boskichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920-y.). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-a. ning 70-y. laridan — Xiva sh.

Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505-y. da bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-y. Vazir sh. ni egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.

Elbarsxon (1511 —16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalkdar oʻtroklashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning jan. qismi, Eron shim. dagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar teztez almashib turgan. 16-a. da Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (152226), Avaneshxon (152638), Alixon (153847), Akatoyxon (154756), Yunusxon (155657), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (153738; 1593; 159598) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt X. x. ni Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-a. ning 70-y. larida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

17-a. boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonpp 1643-y. da xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644-y. da Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.

Abulgʻoziy Bahodirxon 1662-y. da Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663-y. da hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonta topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685-y. Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonta taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-a. ning oxiri — 18-a. boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (169497), Valixon (169799), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (170203), Sayid Alixon (170305), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706 — 13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat axvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I 1714—17 y. larda Aleksandr BekovichCherkasskiy (q. BekovichCherkasskiy harbiy yurishi) boshchiligida Xx. ga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni aloxddaalohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728-y. Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligi dagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740-y. Eron shohi Nodirshoh X. x. ga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741-y. xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan. 18-a. oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohdarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan teztez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742— 46), Gʻoyibxon (174656), Qoraboyxon (175657), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-a. ning 60-y. laridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllabquvvatlashiga erishgan qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770-y. da turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-y. da Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-a. boshlarida qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltpuzar (1804—06) 1804-y. da Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802 — 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon X. x. taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I X. x. ni birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811-y. da bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.

Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv sh. uchun Buxoro amirligi bilan teztez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855-y. da Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855 — 56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻddirilgan. 1856-y. da taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.

Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873-y. Rossiya X. x. ni bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K. P. Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910 — 18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 y. larda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 y. larda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.

1917-y. Rossiyadagi fev. inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va b. siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917-y. oxirlarida Xiva xonligi dagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918-y. yanv. da soʻnggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi Junaidxon Xiva sh. ni egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli 1918-y. okt. oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon Sayd Abdullaxon (1918-y. okt. — 1920-y. 2 fev.) taxtga chiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920-y. 2 fev. da Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilishgan.

16—19-a. lar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi jan. da Eron va Marvgacha, shim. da Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharkda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi kirgʻokdarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km2 yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va b. tashkil qilgan.

Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib, farqi, 19-a. boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va b. unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan.

Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-a. larda Xiva xonligining maʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-a. dan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin tutgan.

Xonlik harbiy qoʻshini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada boʻlgan. Qoʻshinni koʻproq yarim koʻchmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qoʻyilgan.

Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juzʼyadan iborat boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning baʼzi turlari amalga oshirilgan.

Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. 19-a. da Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva sh. ning oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-a. da Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan.

Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos oʻringa ega. Tanbur chizigʻi notasini yaratgan Komil Xorazmiy «Maqomi Feruz Shohiy» asari va «Panjgoh» maqomi bilan oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa qoʻshgan. Abulgʻoziyxon «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima» asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan boʻlsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, «Firdavs uliqbol», «Zubdat uttavorix», «Gʻiyos uddavlat», «Jome ulvoqeoti sultoniy», «Shohid ul iqbol» asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy», «Xorazm tarixi» asarlari Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda asosiy manbalar hisoblanadi.

Hoz. Xiva sh. da saqlanib qolgan qad. meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy saroyi va b. kiradi.

Ad.: Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Ogahiy, Asarlar, 56j., T., 1978 — 80; Bayoniy, Shajarai Xorazmshohiy, T., 1994; Xiva ming gumbaz shahri, T., 1997.

Neʼmat Polvonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x