XIRQA (arab. — yamoq, quroq) — junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, sufiylar kiygan. X. odatda sufiylikda pirdan shogirdga oʻtgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u koʻpincha eskirgan, quroq va yamoq boʻlgan. X. oʻzbeklar orasida janda deb atalgan.