XIROSIMA — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. ning jan. gʻarbida. Xirosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,12 mln. kishi (2000). Mamlakatning muhim transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Ota daryosi deltasidagi port. Kemasozlik va stanoksozlik, avtomobilsozlik, harbiy, rezinatexnika, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitet bor. Shahar zamindorlar qasri atrofida 16-a. da bunyod etilgan. 1945-y. 6 avg. da AQSH aviatsiyasi tomonidan tashlangan atom bombasidan qattiq zarar koʻrgan. Bombardimon natijasida halok boʻlganlar xotirasiga yodgorlik muzeyi barpo etilgan. Tinchlik memorial markazi Xirosima dagi eng muhim zamonaviy meʼmoriy bino hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые