XIROJ

XIROJ, xaraj (arab.) — Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer soligʻi. Sosoniylar davlatipa Qavad I va uning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon oʻtkazgan soliq islohoti natijasida joriy qilingan yer soligʻi (xarag). X. ilk Xalifalik hududida «jizya» atamasining sinonimi sifatida qoʻllanilib, musulmon boʻlmagan aholi bilan bir qatorda yer, suvga ega boʻlgan musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari Xiroj misoha (yer maydoni birligidan undirilgan) va Xiroj muqosama (yerning sifati va sugʻorish usuliga qarab hosilning 1/4, 1/3 yoki 1/2 qismi hajmida undirilgan) ga ajratilgan. X. Usmonli turk imperiyasit 18-a. Oxirlariga kelib jizya bilan qoʻshilib ketgan. Misrda esa, 1907-y. daromad soligʻi bilan almashtirilgan.

X. Oʻrta Osiyoda 7-a. da arablar tomonidan joriy qilingan. X. yigʻish uchun har bir viloyatga sarkor, kishloqqa devonbegi va kotib tayinlangan. Xiva xoni Muhammad Rahim I (1775—1825) Xirojni pul bilan undirishni joriy kilgan. Bunda X. olingan hosil miqsoridan emas, balki yer egasining xoʻjaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qoʻqon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bu yerda ham Xirojni natura oʻrniga pul bilan yigʻish rasm boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x