XEMOSTERILIZATORLAR, hasharot xemosterilizatorlari — beggusht qilish xususiyatiga ega bulgan kimyoviy moddalar. Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi (ular organizmida genetik va funksional oʻzgarishlarni vujudga keltiradi). Uch guruhga boʻlinadi. Antimetabol itl ar — metotreksat, aminopterin, ftoruratsil va b. kimyoviy birikmalar. Ular hasharot organizmiga kirgach, almashinuvchi reaksiyalardagi normal metabolitlarni siqib chiqaradi, jinsiy hujayra yadrosidagi DNK va RNK sintezini buzadi va asosan, urgʻochi hasharotlarni bepusht qiladi. Al kil lovchi moddalar — xlorambutsil, afolat, afroksid va b. Ular jinsiy hujayra xromosomalarida oʻzgarish (ularning kaytaqayta birikishi yoki uzilishi)ga sababchi boʻladi va, asosan, erkak hasharotlarni bepusht kiladi. Boshqa kimyoviy birikmalar — triazin tipidagi gerbitsidlar, ksilogidroxinon, baʼzi antibiotiklar, alkaloidlar, hasharot gormonlarining baʼzi analoglari X. boʻlishi mumkin. Hasharotlarni pushtsizlantirish uchun preparatning juda oz miqdorini uning terisiga (sirtdan taʼsir etish) tegizish yoki ozuqaga qoʻshib berish kifoya. Buning uchun juda oddiy moslamalar (kyuveta, silindr, kuticha va b.)dan foydalaniladi; bunda ularning ichiga tarkibida ozuqa moddalari — shakar, sharbat hamda hasharotlarni jalb kiluvchi modsa — attraktantlar va b. boʻlgan maxsus eritma shimdirilgan doka yoki gubka solinadi. Pushtsizlantirilgan hasharotlar zararkunandalar koʻp tarqalgan joylarga qoʻyib yuboriladi. Pushtsizlantirilgan erkak hasharot tabiatdagi serpusht urgʻochisi bilan (yoki aksincha) qoʻshilganda vujudga kelgan tuxum rivojlanishga layoqatsiz boʻladi.
Pushtsizlantirish usuli zararkunandalarga qarshi kurashning boshqa usullari bilan birgalikda (mas, oldin insektitsidlar taʼsirida hasharot miqdorini kamaytirib) amalga oshirilganda yuqori samara beradi.
Ad.: La Brek J. K., Smit K., Geneticheskiye metodы borbы s vrednыmi nasekomыmi: (Xemosterilizatsiya nasekomыx)/ Per. s angl. M., 1971; Ximicheskaya zaщita rasteniy/ Pod red. prof. G. S. Gruzdeva. 3izd. M., 1987. Sulton Alimuhamedov, Shamil Xoʻjayev.