XEMNIS (19531990-y. larda KarlMarksShtadt) — Germaniyaning jan. sharqiy qismidagi shahar. Saksoniya yerida. Aholisi 266 ming kishi (1999). Muhim sanoat markazi va transport yoʻllari chorrahasi. Mashinasozlik (xususan, toʻqimachilik va kimyo sanoatlari uchun jihozlar, avtomobil, mototsikl va velosipedlar i. ch.), kimyo, toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va mebel sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 12-a. da Rudali togʻlardan oʻtgan savdo yoʻli yoqasida asos solingan. 12 — 18-a. larda qurilgan meʼmoriy obidalari saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые