XAZINACHI — hukmdor va b. ning pullari, qimmatbaho buyumlari va b. moddiy boyliklarini saklovchi shaxs. Somoniylar davrida Buxoro Registoni atrofida joylashgan 10 ta devonning 2-si X. devoni, yaʼni mustovfiy devoni hisoblangan. Xorazmshohlar davrida mustovfiy oʻlka moliya organi boshligʻi, moliya maslahatchisi, oʻlka boshqaruv organi aʼzosi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Qoraxoniylar davlatida X. masʼuliyatli lavozimlardan biri sanalib, agichi atamasi bilan ifodalangan. 14—16-a. larda Markaziy Osiyo davlatlarida xazina uchun masʼul shaxslar «xozin», «xazinador» atamalari bilan ifodalangan. Eski oʻzbek tilida ham «X.» istilohi qoʻllanilgan. Buxoro xonligida X. nisbatan quyi mansablardan biri hisoblangan.
Ad.:A6u Bakr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy, Buxorotarixi, T., 1966; Yusuf Xos Hojib, Qutadgʻu bilig, T., 1971; Shixab ad-Din Muxammad an-Nasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal adDina Mankburnы, Baku, 1973; Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Sochineniya, t. 1, ch. 1, M., 1973.