XAZINA

XAZINA — 1) davlat puli, kimmatbaho buyumlari, umuman boyligi saqlanadigan joy;

2) yashirib qoʻyilgan (koʻpincha yer ostiga koʻmilgan) va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmui. Qimmatli tarixiy manba; 3) huquqsa — yer ostiga koʻmilgan yoki boshqa usul bilan yashirib qoʻyilgan, egasini aniqlash qiyin boʻlgan pul yoki qimmatbaho buyumlar. Bular davlat mulkiga oʻtadi. Qimmatbaho buyumlarni topgan shaxsga qonunda belgilangan holatda mukofot tariqasida haq toʻlanadi;

4) markazlashgan davlatlarda ularning moliyaviy zaxiralari majmui. AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va b. mamlakatlarda byudjetning kassa ijrosini olib boradigan davlat moliya organi. Bular soliq, yigʻimlar undirishni tashkil etadi, X. biletlari chiqaradi. Oʻzbekistonda bu vazifani Moliya vazirligi va Markaziy bank bajaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x