Xasis va tovuq

Derlar xor bo‘ladi xasis oxiri,
Chunki u boriga qilmay qanoat,
Bo‘lgan sari bo‘lsam, deb o‘ylar faqat.
Ammo ikki bo‘lmas hyech qachon biri.
Bunga misol o‘ylab o‘tirmay uzoq —
Bir cho‘pchak aytayin, quloq solib boq:
Bir kishi bo‘larkan o‘tgan zamonda,
Yo‘q ekan uning hyech kasbu hunari.
Ammo molu dunyo ko‘p ekan unda,
Sandiqlarda to‘la oltinu zari.
Sabab: bo‘lar ekan unda bir tovuq,
Shundayin tovuqki — hyech bahosi yo‘q.
Tug‘ib berar ekan u har kun tuxum,
Oddiy tuxum emas — naq oltin tuxum.
Boshqa-ku, shungayam shukr qilardi,
Ammo xasis nafsi qachon to‘yardi?
Oqib turgan boylik ko‘rinibdi oz,
O‘ylabdi: “Tovuqni so‘ysam bo‘lar — soz,
Yuramanmi bekor, qutqilab, chidab,
Xazina bor deyman uning ichida…”
Shundayin qasd qilib noshukur banda
Tovuqning bo’yniga tortibdi pichoq.
Xazina axtarib titkilaganda —
Chiqibdi ichidan jo‘n ichak-chavoq…
Krilov I.A

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x