Xaruki Murakami yangi kitob yozdi

Mashhur yapon adibi, Nobel mukofoti sovrindori Xaruki Murakami shu oyda navbatdagi hikoyalar toʻplamini chop ettirmoqda. “Ayollarsiz erkaklar” deb nomlangan mazkur toʻplamga hali eʼlon qilinmagan yangi hikoya hamda ilgari Yaponiyaning turli jurnallarida bosilgan asarlar kirgan. Yozuvchining ancha shov-shuv va bir necha hafta avval kechirim soʻrashiga sabab boʻlgan “Mening mashinamni boshqar” nomli hikoyasi ham shu toʻplamdan joy olgan. Gap shundaki, hikoya qahramoni mashinada borayotib, uni boshqarayotgan yoshgina qiz chekilgan tamaki qoldigʻini oynakdan tashqariga otib yuborgan holatni koʻrib “Nakatombesuliklarning hammasi shunday qiladi”, degan mulohazani aytadi. Bu esa Yaponiya shimolidagi Nakatombesu shahri aholisi izzat-nafsiga tegib ketgani uchun yozuvchi juda noqulay ahvolga tushgan. Yozuvchi yangi toʻplamdan joy oladigan shu hikoyasida shahar obroʻciga putur yetkazadigan bu jumlani tahrir qilishga, yaʼni joy nomini olib tashlashga vaʼda bergan.

64 yoshli Xaruki Murakami jahonda asarlari eng koʻp oʻqiladigan zamonaviy yozuvchilardan biri. Asarlari dunyoning qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan. “Qoʻy ovi”, “Norvegiya oʻrmoni”, “Sohildagi Kafka”, “1Q84” kabi romanlari rus tiliga oʻgirilgan. X. Murakamining “Rangpar Sukuru Tadzaki va uning safardagi yillari” romani oʻtgan yili Yaponiyaning mutlaq bestselleri hisoblanib, salkam bir million nusxada sotilgan.

 

“Ijod olami”, 2018/4

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/xaruki-murakami-yangi-kitob-yozdi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x