XANGAY — Mongoliyaning markaziy qismidagi togʻlik. Uz. 700 km chamasida, eni 200 km gacha, bal. 2000—3000 m, eng baland joyi 3905 m (OtxonTangri togʻi). Granit, slanes, qumtosh va bazalt jinslaridan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari keng vodiylar bilan parchalangan. Landshafti quruq togʻ dashti, shim. yon bagʻirlarida tilogʻoch oʻrmonlari bor. Rezervatlar tashkil etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые