XANDAQ

XANDAQ — qad. va oʻrta asrlarda shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik. Odatda, tashqi devorni koʻtarishda loy X. oʻrnidan olingan. Xandaqning eni 5 —6 m dan 30 — 40 m gacha, chuq. 3 — 4 m boʻlib, ichi aksariyat suv bilan toʻlgʻazilgan. Baʼzan X. shoxshabba bilan ihota qilingan. Istehkomga kiradigan yoʻlga osma koʻprik qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida qoʻshin lashkargohga tushganda uning atrofi X. bilan mustahkamlangan. Xandaqning soni dushman qoʻshinining miqdoriga qarab 1 dan 6 tagacha boʻlgan. Koʻp vaziyatlarda Xandaqlar oldiga katta hajmdagi qalqonlar (chapar) qoʻyilgan. Eski oʻzbek tili manbalarida moʻljar, chipjip, choh, oʻr, oʻrgʻarim kabi atamalar Xandaqga maʼnodosh sifatida qoʻllangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x