XAMANAYI

XAMANAYI Sayd Ali Husayniy (1939.15.7, Mashhad) — Eron davlat arbobi, oyatulloh (1989). 1964-y. gacha Qum, keyinchalik Mashhadda diniy taʼlim olgan. Oyatulloh Humayniyttg shogirdi. 1962-y. Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoʻshilgan. 1963-y. dan bir necha marta qamoq va surgunda boʻlgan. 1979-y. gi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Monarxiya agʻdarilgandan soʻng, 1979—80 y. larda Islom inqilobiy kengashi (davlat hokimiyatining oliy organi) aʼzosi, mudofaa vaziri oʻrinbosari, «Islom inqilobi posbonlari» korpusi qoʻmondoni, oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida boʻlgan. 1980—81 y. larda Islom kengashi majlisi (parlament) deputati. 1981-y. okt. dan Eron Islom Respublikasi p|rezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan soʻng, 1989-y. 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Rahbari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x