XALTALILAR

XALTALILAR (Metatheria), qopchiqlilar — tirik tugʻuvchi sut emizuvchilar infrasinfi (ayrim maʼlumotlarga koʻra, turkum). Gavdasining uz. 4 sm dan 160 sm gacha. Koʻpchilik X. urgʻochisida bolasi xalta ichida rivojlanadi. Xalta ichida sut bezlari soʻrgʻichi boʻladi. Bosh miyasi tuban tuzilgan. Yoʻldosh (bandikutdan tashqari) hosil boʻlmaydi. Boʻgozlik davri 12,5—45 kun, bolasi nimjon (uz. 0,5—3 sm) tugʻiladi, koʻpincha xaltasi ichidagi sut bezi soʻrgʻichiga yopishib olib, 250 kun davomida rivojlanadi. Sut maxsus muskullar yordamida bolasi ogʻziga siqib chiqarib turiladi. 1 turkumi va 9 oilasi (opossiumlar, yirtqich X., xaltali chumolixoʻrlar, xaltali koʻrsichqonlar, bandikutlar, vombatlar, kengurular va b.) mavjud. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya, Jan., Markaziy va Shim. Amerika, ayrim Katta zond o. da tarqalgan. Yangi Zelandiyada ham iqlimlashtirilgan. Raqobat kiluvchi yoʻldoshli sut emizuvchilarning boʻlmasligi tufayli X. Avstraliyada ular bilan konvergent belgilarga ega boʻlgan bir qator formalarni hosil qilgan. X. turlar soni (2400 ga yaqin) boʻyicha hoz. sut emizuvchilarning 6%ini tashkil etadi. Lekin ular adaptiv radiatsiya jihatdan qolgan barcha sut emizuvchilar kabi xilmaxil. Ayrim turlari q. x. ga ziyon keltiradi. Bir qancha turlari terisi va goʻshti uchun ovlanadi. 21 turi Xalkaro Qizil kitobga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x