XALSIDLAR

XALSIDLAR (Chalcidoidea) pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi. 27 oila, 8 mingga yaqin turi mavjud. Tanasining uz. 1—3 (ayrimlariniki 10)mm. Rangi yashil, qora yoki sariq boʻlib, tovlanadi. Moʻylovi kamida 15 boʻgʻimdan iborat. Odd yelka, odatda, qisqa, qanot qopqogʻiga yetmaydi. Oʻrta yelkasi baʼzan boʻylama egatli. X. turli hasharotlar — koksidlar, oʻsimlik bitlari (shiralar), ikki qanotlilar va b. ning ichki yoki tashqi parazita. X. orasvda ikkilamchi parazitlar, yaʼni foydali birlamchi parazitni nobud qiladigan parazitning parazitlari (oʻta parazitlari) ham bor. Lichinkalari parazitlik qilib yashaydi. Rivojlanishning turli fazasidagi hasharotlar xoʻjayinlik vazifasini oʻtaydi. Parazit, odatda, xoʻjayinga tuxum qoʻyadi. Mavsumda 7 avlod beradi. X. dan koʻpgina q. x. zararkunanda hasharotlariga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Ayniqsa, Xalsidlardan afelinus va trixogramma katta amaliy ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x