XALQARO QIZIL XOCH VA KIZIL YARIM OY HARAKATI — umumjahon insonparvarlik harakati. 1863-y. da asos solingan. Mazkur harakat 3 tuzilma — Xalqaro Kizil xoch qoʻmitasi (HQXQ); Xalqaro Qizil xoch va Kizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (XKX va QYAOJF): Kizil Xoch va Kizil yarim Oy Milliy jamiyatlari (MJ)dan iborat: H. Q. X. va Q. ya. O. h. uchchala tuzilmasining faoliyat vakolatlari H. Q. X. va Q. ya. O. h. ning Ustavi (1986) va Sevilya bitimi (1999) asosida belgilangan. Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli toʻqnashuvlarda jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va b. favqulodda vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatitsa insonparvarlik yorsami koʻrsatadi. Tinchlik sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan takdirlangan (1917, 1944, 1963-y. lar). Qarorgohi Jeneva sh. da. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi 1919-y. tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Dunyoning 181 mamlakati Milliy jamiyatlarini birlashtiradi (2004). Asosan, tabiiy ofatlarga tayyorlanish va ularga munosabat bildirishda Milliy jamiyatlarga yordam berish, tabiiy ofatlar, texnikaviy va sanoatdagi avariyalar, falokatlarda alohida xalqaro insonparvarlik yorsami koʻrsatishga oid amallarni tashkil etish va muvofiklashtirish, aholi salomatligi profilaktikasi, eng muhtoj kishilarga qarash va ularga tibbiyijtimoiy yordam koʻrsatishni taʼminlash, aholini 1yordam koʻrsatishga oʻqitish, koʻngillilikni rivojlantirish vazifasi bilan shugʻullanadi. XQX va QYAOJF faoliyatini Kotibiyat taʼminlab turadi. U Jeneva sh. da joylashgan. Qizi l Xoch v a Qizil yarim Oy Milliy jamiyatlari — hukumatlari Jeneva konvensiyalariga imzo chekkan mamlakatlardaga Milliy jamiyatlar. Kridaga koʻra, har bir mamlakatda faqat bitta Kdzil Xoch yoki Kizil yarim Oy Milliy jamiyati tuzilishi mumkin.
Oʻzbekiston Kizil yarim Oy jamiyati 1925-y. tashkil etilgan boʻlib, sobiq SSSRning Kizil Xoch va Kizil yarim Oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirar edi. 1992-y. da mustakil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995-y. da Xalqaro Kizil Xoch Qoʻmitasi tomonidan eʼtirof etilib, Xalqaro Kizil Xoch va Kizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasiga aʼzo boʻldi (yana q. Oʻzbekiston Hizil yarim Oy jamiyati).
Mixail Kremkov.