XALQARO METEOROLOGIYA TASHKILOTI

XALQARO METEOROLOGIYA TASHKILOTI — meteorologiyaga doyr xalkaro ahamiyatga molik tezkor va ilmiy masalalarni birgalikda hal kilish maqsadida meteorologik xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish uchun tuzilgan hamkorlik tashkiloti. 1871-y. da Jenevada asos solingan. Dastlab Xalqaro meteorologiya tashkiloti direktorlar konferensiyasidan iborat boʻlgan, keyinchalik prezident tomonidan boshqariladigan ijrochi kotibiyatdan, shuningdek, jahondagi meteorologiya tarmoklari, aerologiya, iklimshunoslik, sinoptik axborotlar va b. masalalar bilan shugʻullanadigan bir qator komissiya va kichik komissiyalardan iborat boʻlib qoldi. Bu tashkilot ayrim hollarda xalqaro syezdlar uyushtirib turadi. BMT meteorologiya xizmati direktorlarining Vashington konferensiyasi qaroriga binoan, 1947-y. da Xalqaro meteorologiya tashkiloti oʻrniga Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tashkil qilindi (unga 150 dan ortiq davlat aʼzo, Oʻzbekiston Respublikasi 1992-y. 23-dekabrda aʼzolikka qabul qilingan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x