XALQ SELEKSIYASI

XALQ SELEKSIYASI — seleksiyaning rivojlanish tarixidagi bir boskich va yoʻnalish; q. x. ekinlarining yangi nav, klon, payvandlarini hamda chorva mollarining yangi zotlari, guruxlarini nomaʼlum mualliflar, mirishkor dehqonlar va chorvadorlar tomonidan oddiy usullarda tanlab, saralab yaratilishi. Xalq seleksiyasi bir necha ming yillik tarixni oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyo hududida koʻpgina madaniy ekinlar — bugʻdoy, arpa, sholi, meva, uzum, sabzavotpoliz ekinlari va b. bundan bir necha ming yil avval oʻstirilganligi maʼlum. Odamlar ekinlarni ekish, ularga ishlov berish bilan bir qatorda ular orasidan qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan nusxa, shakllarini tanlab, sakdab, koʻpaytirib borganlar va shu tariqa Xalq seleksiyasi paydo boʻlgan. Chorvachilikda ham ayerlar davomida tanlash va saralash asosida qoramol, qoʻy, echki, ot va tuyalarning qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan koʻplab noyob zotlari yaratilgan (xisori, saraji kuy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari, zebusimon sigar zotlari). Xalq seleksiyasi anʼanalari hoz. davrda xam ilmiy seleksiya usullari va muassasalari bilan yonmayon davom etib kelmoqda.

Oʻzbekistonda 20-a. ning 40-y. lari boshida surxondaryolik Muslima Begimova mashxur «Muslimka» bugʻdoyini kashf etdi. N. Niyozov (Toshkent viloyati) gʻoʻzaning meva shoxlari cheklangan navlarini (N, va N2), K. Neʼmatshoyev (Andijon viloyati) 108—F navidan meva shoxlarining boʻgʻimlari juda kalta, tupi ixchamligi bilan farklanadigan gʻoʻza nusxalarini (Paxtaobod navi), U. Abdullayev (Namangan viloyati) Koson navini, N. Haydarov (Fargʻona viloyati) Beshariq navini yaratdilar. 1950—90 y. larda polizsabzavotchilikda xalq seleksiyachilari qovun va tarvuzning 50 dan ortiq navlarini (Abbosxon Aligavharov, Oʻrinboy Karimov, Hoshim Qosimov, Tirkash Tojiyev, Hakimpolvon Usmonov, Xoʻjamberdi Qoʻshoqov, Matvafo Yusupov), kartoshkaning Obidov (Ali Obidov), pomidorning Yusupov (Karim Yusupov) navini yaratdilar va bu navlarning koʻpchiligi davlat reyestriga kiritilgan va rnlashtirilgan.

Xalq seleksiyachilari yaratgan navlar ekin turlari kolleksiyalarini boyitishda muhim ahamiyatga ega. Bu navlarning koʻpchiligi seleksiyada boshlangʻich material sifatida ham foydalaniladi.

Bahodir Normatov, Abdulaziz Abbosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x