XALQ — 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi;
2) tarixiy birlikning turli shakllari (qabila, elat, millat). X. larning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini oʻrganishda ijtimoiy fanlarda «etnos» (yun. «xalq») va «etnik birlik» iboralari qoʻllaniladi (q. Etnos, Etnik birlik).