XALIL MARDAMBEK

XALIL MARDAMBEK (MARDAMBEY) (1895 — Damashq — 1959.21.7) — arab shoiri, adabiyotshunos, davlat arbobi (Suriya). London universitetini tugatgan (1929). Damashkdagi Arab FA aʼzosi (1925) va prezidenti (1953—59), Qoxiradagi Arab tili akademiyasi aʼzosi (1948-y. dan), Iroq FA aʼzosi (1949-y. dan), Suriya hukumatida Maorif (1948) va Tashki ishlar (1953) vaziri. X. M. Suriya adabiyotshunosligi rivojiga katta xissa qoʻshgan, Damashkda «ArRobita valadabiiya» («Adabiy aloqalar») adabiy jamiyati (1921) va shu nomdagi adabiy jur. (1929), shuningdek, «AsSaqofa» («Madaniyat») adabiy jur. asoschilaridan. «Suriya shoirlari» (1—3-j. lar, 1954), «Arab adabiyoti tarixi» (1—5j. lar, 1955) monografiyalarining muallifi. Oʻrta asr arab shoirlari Ibn Xayyus, Ibn Unayn, Ali ibn alJaxma asSomiy va b. ning devonlarini izohlar bilan nashr ettirgan. Xalil Mardambekning arablar birligiga daʼvat etuvchi sheʼrlari va sheʼriy dramalarida millatparvarlik ohanglari kuchli. Sheʼrlar devoni shoirning vafotidan soʻng nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x