XALIL ibn AHMAD (toʻliq nomi Abu Abdurahmon alXalil ibn Ahmad ibn Amr ibn Taymir) (718, Ummon — 792, Basra) — arab olimi. AlBasriy taxallusi bilan mashhur boʻlgan. X. ibn A. aruz ilmi asoschilaridan, u arab grammatikasini tizimlashtirgan. «AlAruz», «Kitob ushshavohid» («Shohidlar kitobi»), «anNukat vashshakl» («Mazmun va shakl»), «an-Nagʻam» («Ohanglar»), «Maoniy alxuruf» («Yordamchi soʻzlarning maʼnolari»), «Jumlat olot alarab» («Arab tilidagi notugal gaplar»), «alAvomil» («Yuklamalar») va b. asarlari mashhur. Bizgacha arab tilining birinchi eng katta izohli lugʻati — «Kitob ulayn» («Buloq kitobi») asari yetib kelgan; Bagʻdod muzeyida.
Ad.: Krachkovskiy I. Yu., Izbrannыye sochineniya, t. 2, M., 1956; Zveginsev V. A., Istoriya arabskogo yazыkoznaniya, Kratkiy ocherk, M., 1958.