XALIFA

XALIFA (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. X. Muhammad paygʻambar (sav) ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav)dan keyingi toʻrt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar X. nomi bilan atalgan. 13-a. dan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, X. nomiga ega boʻlishgan. 16-a. da turk sultonlari oʻzlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924-y. gacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x