XABERTIOZ

XABERTIOZ — chorva mollarining invazion kasalligi. Koʻproq qoʻylarda uchraydi, ularning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiluvchi Chabertia ovina nematodalari qoʻzgʻatadi. Hayvonlar invazion lichinkalarni suv yoki oʻt bilan yutganda zararlanadi. Kuchli oriqlash, junning hurpayishi va toʻkilishi, kamqonlik va ich ketish bilan kuzatiladi. Yosh mollar oʻsish va rivojlanishdan orqada qoladi.

Davosi: 1 kg vazniga 0,5 g fenotiazin yoki 0,5 g diterezinni hoʻllangan kepakka yoki boshqa yemga qoʻshib berish; nilverm preparatini teri ostiga yuborish yoki ichirish; 1 % li formalin aralashmasi bilan chuqur klizma qoʻyish.

Oldini olish: hayvonlar yaylovga chiqarishdan oldin gelmintsizlantiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x