XAAVELMO (Haavelmo) Tryugve (1911 — Oslo — 1999) — norveg iqtisodchisi. Oslo universitetini tugatgan (1933). 1947—79 y. larda Oslo universiteti iqtisodiyot prof., Garvard universitetida yoqlangan dissertatsiyasida (1944-y. da eʼlon qilingan «Ekonometriyada ehtimollik yondashuvi» asari) ekonometriya nazariyasini yangi gʻoyalar bilan boyitdi. «Iqtisodiy nazariya evolyutsiyasi boʻyicha tadqiqotlar» (1954) asarida iqtisodiy taxlil usulini qoʻllab global iqtisodiy tengsizlik muammolarini oʻrgandi. «Investitsiya nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar» (1960) asari ham muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1989).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые