Xuroson, Siyiston, Xorazm va Movarounnahrda Malikshohning o’g’li Sulton Sanjar (1118-1157) taxt so’radi. Poytaxti Marv bo’lgan. Sanjar vafotidan so’ng (1157) saljuqiylarning Xurosondagi hukmronligi tugadi. 1194 yili Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini tormor qildi. Ko’nya sultonligi esa XII asrgacha hukm surdi.
Markaziy Osiyoda hukm surgan feodal davlat, poytaxti Buxoro shahri bo’lgan. X asrning birinchi yarmi bu davlatning gullagan davridir. Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Janubiy Eronni o’z ichiga olgan hamda Xorazm, Seyiston, Jurjon va Tabariston (Mozandaron) bu davlatga itoat etgan. Buxoro, Samarqand, Nishopur, Marv, Urganch, Hirot, Balx somoniylar davrida eng yirik va taraqqiy etgan shaharlar bo’lgan. Bu shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan.
992 yili qoraxoniy turklari Buxoroni bosib oladi, 996 yili somoniylarning Zarafshon havzasi shimolidagi erlarining hammasi turklar qo’liga o’tadi, 999 yili turklar Buxoroni ishg’ol qilib, somoniylar davlatini tamom tugatadilar va hokimiyatni to’liq qo’lga oladilar.
962 yili somoniylar lashkarboshisi Alptagin G’aznada g’aznaviylar davlatini tashkil qilgan va Jayhun (Amudaryo) daryosining janubidagi erlar g’aznaviylar davlatiga qo’shib olingan edi.
Somoniylar davrida mamlakat madaniy jihatdan yuksalgan. Ko’pgana shaharlarda madrasalar qurilgan. Ilmu fan, me’morchilik, naqqoshlik va qulolchilik taraqqiy etgan. Qishloq xo’jaligi rivojlangan. Buxoroda amir saroyida eng yirik kutubxona bo’lgan. Somoniylar davrida Abu Nasr Forobiy (873-950 y.), Ibn Sino (980-1037 y.), Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.), Rudakiy (860-941 y.), Daqiqiy va Firdavsiy kabi buyuk olim va shoirlar etishib chiqqan.
Somoniylar Hazar, Eron, Bulg’or, Xitoy, Rus bilan keng ko’lamda savdo-sotiq qilgan. Mol ayriboshlashda Sharqiy Ovro’po bilan qilinadigan karvon savdosi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Sharqiy Ovro’podan somoniylar davlatiga asosan kunduz va boshqa hayvonlar mo’ynalari, somoniylar davlatidan Sharqiy Ovro’poga sholi, quruq mevalar, jun matolar va shoyilar olib ketilgan.
Somoniylar davrida Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylangan. Bu erda ko’plab madrasa, masjid va boshqalar qurilgan.
O’rta Sharqda hukm surgan yirik feodal turk davlati, 962 yil somoniylar sarkardasi Alptakin G’azna shahrini bosib olib, u erda g’aznaviylar davlatiga asos solgan. Bu sulolaning eng kuchaygan davri Sabuktakin (977-997) va uning o’g’li Maxmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligiga to’g’ri keladi. 1030 yilga kelib ularning davlatiga hozirgi Afg’oniston, Eron va Markaziy Osiyoning bir necha viloyatlari, Hindistonning shimoliy va shimoliy-g’arbiy viloyatlari qo’shib olindi. G’aznaviylar davlati ravnaq topgan davrda saroida va shaharlarda buyuk olimlar yashab, ijod etganlar (Beruniy, Utbiy, Abulfazl Bayhaqiy, Gardiziy, Firdavsiy va boshqalar). G’aznaviylar davlati Maxmud G’aznaviy vafotidan keyin zaiflasha boshladi. Mas’ud I davri (1030-1041)da Xorazm qo’ldan ketdi, Movarounnaxrning Amudaryo yuqori oqimidagi erlarni qoraxoniylar tortib oldi. XII asr 70-yillarida g’uriylar g’aznaviylarni Shimoliy Hindistonga siqib chiqardilar, Lahor ularning poytaxti bo’ldi. 1186 yili g’uriylar Lahorni ham bosib oldilar.
Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Janubiy Tangti-tog’ viloyatlarida tashkil topgan musulmon turk davlati. Uni barpo qilishda qator turkiy qabilalar ishtirok etgan, bulardan qarluq, chigil va yag’mo qabilalari etakchi bo’lgan. Davlat asoschisi Abdulkarim Sotuq To’g’raxon yag’mo qabilasidan chiqqan va «bo’g’raxon» unvoniga ega bo’lgan. X asr o’rtalarida bu qabilalar Islom dinini qabul qilgan. X asr oxirlarida Sotuq Bo’g’raxonning nabirasi Horun ibn Muso ibn Sotuq boshchiligidagi qabilalarning Movarannahrga qarshi hujumlari natijasida somoniylar sulolasi tugatilgan. 992 yili Horun Buxoroni, 996-999 yillari uning vorisi Nasr I butun movarounnahrni bosib oldi. Qoraxoniylar davlati poytaxti dastlab Qashg’ar, keyin Bolasog’un, O’zgan shaharlari bo’lib, keyinchalik yana Qashg’ar qo’chirilgan. XI asr 60-70 yillari qoraxoniylarning saljuqiylar bilan boshlangan to’qnashuvlari o’rtasida o’zaro taxt uchun kurashlar natijasida qoraxoniylar davlati zaiflashib, saljuqiylarga tobe bo’lib qoldi, 1212 yili Muhammad Horazmshox qoraxoniylar davlatini butunlay tugutdi.
Qoraxoniylar davlati turli o’lkalarning birlashishi san’at va adabiyot rivojiga katta imkon beradi. Malik, Masjid Kalon, Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Jarqo’rg’on minorasi, Mag’oki attori masjidi, Shohi zinda ansambili, Xorazmda xom g’isht va paxsadan qurilgan Bo’ronqal’a, Noib qal’a, Qubodqal’a xaroblari, Faxruddin Roziy maqbarasi bu davirda qurish san’ati yuksak darajada bo’lganini ko’rsatadi.
Qorahoniylar davrida adabiyot ham rivojangan: Yusuf xos Xojibning “Qutadg’u bilik”, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’at at-turk” asarlari shu davrda ijod etilgan.
Saljuqiylar davlati nomi ko’chmanchi turk-o’g’uz qabilasi boshlig’i Saljuq nomidan olingan. Saljuqiy turklar XI asr 30-yillarida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda g’aznaviylardan mulklar oladilar. 1038 yili ular Nishopurni egallab, o’z rahbarlari To’g’rulbekni sulton deb e’lon qildilar. Saljuqiylar sekin-asta butun Xurosonni (1038-1044), Xorazmni (1043) bo’isundirib, G’arbiy Eron (1042 va 1051 yillar), Ozarbayjon (1054) va Iroqni Bag’dod bilan birga (1055) bosib oldilar. Abbosiylar xalifasi To’g’rulbekni sulton hamda «Sharq va G’arb podshohi» deb tan olishga majbur bo’ldi. To’g’rulbek Ray shahrini, uning ukasi Chag’irbek Marvni o’zlariga poytaxt qildilar. Alp Arslon (1063-1072) va Malikshoh I (1072-1092) davrida saljuqiylar Armanistonni egalladilar, Vizantiya (Rum)liklarni engib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071-1081), keyinchalik Suriya va Falastinni bosib oldilar. Ular Gruziya, Shirvon va Movarounnahrni o’zlariga bo’ysundirib, u erlardagi hukmdorlarni o’z vassallariga aylantirdilar. Saljuqiylar qo’shinlari Arabiston yarimorolidagi Yaman va Bahrayn erlarini ham o’z tasarruflariga oldilar. 1074 yili Termiz, Buxoro, Samarqand, keyinchalik Farg’onani ishg’ol etdilar. Malikshoh I hukmronligida Saljuqiylar harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo’lgan. Poytaxt Isfahonga ko’chirilgan.
XI asr oxirlaridan boshlab, saljuqiylar davlati tanazzulga uchray boshladi. Chunki birinchi salb yurishlari natijasida saljuqiylar Shirvon va Kichik Osiyoning kirg’oq bo’yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajraldi. To’g’rulbek avlodlarining ba’zilari mustaqil sultonliklar tuzib oldilar: Kermon sultonligi (1041-1187), Suriya sultonligi (1074-1117), Ko’nya (Rum) sultonligi (Turkiya, 1077-1307) Malikshoh vafotidan keyin uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Natijada Saljuqiylar davlati ikkiga bo’lindi: G’arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118-1194) nomi bilan Mahmud boshqardi. Hamadonni poytaxt qildi. Xuroson, Siyiston, Xorazm va Movarounnahrda Malikshohning o’g’li Sulton Sanjar (1118-1157) taxt so’radi. Poytaxti Marv bo’lgan. Sanjar vafotidan so’ng (1157) saljuqiylarning Xurosondagi hukmronligi tugadi. 1194 yili Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini tormor qildi. Ko’nya sultonligi esa XII asrgacha hukm surdi.
Xorazmda Islomdan oldin va keyin quyidagi to’rtta xorazmshohlar sulolasi hukumronlik qilgan: afrig’iylar (305-995), ma’muniylar (995-1017), Oltintosh sulolasi (1017-1034), Anushtagin sulolasi (1077-1231).
305 yili Xorazm taxtini afrig’iylar sulolasi egalladi. Poytaxt dastlab Tuproqqal’a, keyinchalik Kos (hozirgi adabiyoti Qiyot deb noto’g’riyozib kelmoqda) shahri bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy afrig’iylar sulololasiga oid 21ta xorazmshohlar nomini “Qadimgi halklaridan qolgan yodgorliklar” asarida tilga olgan. Afrig’iylar madaniyati Xorazmda kuldorlik tuzimi emirilib, feodal munosabatlar o’rnatila boshlangan davr (IV-VI asrlarda) vujudga kelgan. Uning shakllanishida sahrodagi qabilalar katta ta’sir ko’rsatgan.
Xorazm Volag bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo’llarining kesishgan joyida joylashgani muhim ahamiyat kasb etgan.
712 yili Xorazmni arablar bosib oldi. 996 yilgacha Xorazm ikki qismga-Shimoliy Xorazm (poytaxti Urganch yoki Gurganch) va Janubiy Xorazm (poytaxti Kos) ga bo’lgani edi.
Shimoliy Xorazmda ma’muniylar sulolasi (996-1017) xukum suradi. Uning poytaxti Urganch taraqqiy qila boshladi. 995 yili Ma’mun ibn Muhammad har ikkala Xorazmni birlashtirib, xorazmshox unvoni bilan idora eta boshladi. Urganch poytaxti bo’ladi. Ma’mun va Ma’mnu II ibn Ma’mnun davrida Xorazmning qudrati yanada oshadi. Urganch yirik madaniy markazga aylanadi. U erda davrning yirik olim va shoirlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Mashiy, Abu Bakr Muhammad Xorazmiy, Abu Sa’id Shabibiy, Abulxasan Ma’mnun kabilar yashab, ijod etdilar. 1017 yili Xorazmni Mahmud G’aznaviy bosib olib, o’zining bosh hojibi Oltintoshni xorazmshox unvoni bilan Xorazm xokimi etib tayinladi.
1043 yili Xorazm saljuqiylar davriga qo’shib olindi. Saljuqiylarning Xorazmdagi noibi Otsiz xorazmshox saljuqiylar zaifligidan foydalanib, mustaqil siyosat yurgiza boshladi va Xorazmda yangi sulolaga asos soldi. 1172 yili Xorazmga koraxoniylar bostirib kirdi. Otsiz xorazmshoxning nabirasi Takash 1187 yili Nishopurni, 1192 yili Rayin, 1193 yili Marvin bosib oldi, 1194 yili saljuqiylar sultoni To’g’rul II ni engdi. Takash Xorazmshox davrida (1172-1200) Eronninng Sharqiy qismi Xorazmga qo’shib olindi. Uning o’g’li Muhammad Xorazmshoh davrida Xorazm yaqin sharqda eng qudratli davlatga aylandi.
1388 yili Xorazm temuriylar davlatiga qo’shib olindi. 1413 yildan Xorazmni Shohruxning noiblari idora etdi. 1505 yili Xorazmga Shayboniyxon qo’shinlari bostirib kirdi. 1512 yili Xorazm taxtini o’zbeklar sulolasi egalladi va Xiva xonligi tuzildi.
Xorazm juda qadimiy (miloddan bir ming yillar avvaldan boshlab) boy san’at obidalariga ega bo’lgan o’lkadir.
Islom davrida Xorazmda juda katta qal’alar bunyod etiddi (Teshik qal’a, Yakka Porson, Qavat qal’a, Guldursun qal’asi diqqatga sazovardir). X asr oxirlaridan shimoliy Xorazmda Urganchning ahamiyati oshdi. Bu davrlarda anchagina bino va maqbaralar qurildi. (Sulton Takash maqbarasi, Faxruddin Roziy maqbarasi), XIV asr II yarmidan boshlab Urganchda koshin, yog’och va ganj o’ymakorligi bilan jozibador bezatilgan memorial binolar qurildi (To’rabekxonim maqbarasi, Qutlug’ Temur minorasi).
Amir Temur ibn Tarog’oy Bahodir asos solgan yirik va qudratli feodal davlati. Poytaxti Samarqand va Hirot. Chig’atay ulusida kuchayib ketgan feodal tarqoqlik (XIV asr 40-yillari) natijasida Temur hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlab Movarounnahr va Xorazmda vujudga kelgan davlat Temurning 1380-1402 yillardagi urushlari natijasida Eron, Iroq, Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismigacha yoyildi.
Temuriylar davlatni mayda uluslarga bo’lingan holda idora qilganlar. Temur hukmronlik qilgan yillari uning davlatiga qarashli o’lkalar to’rt qismga bo’lingan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Siyiston (markazi Hirot) — Shohruxga, G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (Markazi Tabriz) — Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) — Umarshayxga, Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G’azna, keyinchalik Balx) — Pirmuhammadga suyurg’ol qilib berilgan. 1500 yili Movarounnahr Shayboniyxon boshliq ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan bosib olingan. Faqat Xuroson temuriylar qo’lida qoladi. Husayn Boyqaro (1470-1506), o’g’li Badiuzzamon (1506-1507) Xuroson hokimi bo’lganlar. Shayboniylar Hirotni egalladilar. Zahiriddin Bobur ko’chmanchi o’zbeklar tarkibidan Afg’onistonga qochib borib, uni zabt qildi va mustaqil davlat tuzdi.
Temuriylar davlati eng kuchli turk (o’zbek) davlati bo’lib, bu davrda Samarqandda ko’plab ajoyib madrasalar bunyod etilgan. Temurning nabirasi Ulug’bek (1447-1449) Samarqandda o’z rasadxonasini qurib, astronomiya ilmini rivojlantirdi.
Bobur Amir Temurning nabirasi Farg’ona viloyatining hokimi Umar shayx Mirzoning o’g’li. Onasi Qutlug’ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo’lgan. Bobur 1504 yili Afg’onistonni (Kobulni) zabt etdi. Shundan keyin Hindistonga yurish qilib, 1526 yili Dehli sultoni Ibrohim Lo’diyni engib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur oldingi fotihlar (Mahmud G’aznaviy, Chingiz, Amir Temurlar) kabi Hindistonni tashlab ketmay, u erda qolishga qaror qildi. 1527 yili mart oyida Sikri yonida jangda Rano Sangoni ham engib, butun Shimoliy Hindistonni bo’ysundirdi. 1530 yilning dekabrida vafot etdi. U betob kunlari bosib olgan mamlakatlarni o’z o’g’illariga bo’lib berdi: Hindistonni to’ng’ich o’g’li — Humoyunga, Panjobni — Mirzo Komronga, Kobul va Qandahorni — Mirzo Asqarga, Badaxshonni — Mirzo Hindolga taqsimlab bergan edi.
Humoyun o’z mulkini kengaytirish maqsadida 1534 yili Gujorat va Bixarga yurish qildi, lekin mag’lubiyatga uchrab, Eronga shoh Tahmos huzuriga qochdi. Shimoliy Hindiston 1555 yilgacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555 yili Humoyun chig’atoylar, afg’onlar, eroniylar, turkmanlar va ko’chmanchi o’zbeklardan katta qo’shin to’plab, Hindistonga yurish qildi va o’sha yiliyoq Iskandarshoh Surni engib, Dehlini egalladi. Bir yildan keyin Humoyun kutubxona zinapoyasidan yiqilib halok bo’ldi. Urniga 14 yosh o’g’li Akbarshoh taxtga (1556-1605) o’tqazildi. Akbarshoh davrida Boburiylar imperiyasi ancha kengaytirildi, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujorat va Bengaliya alohida o’rin egalladi. Savdo yo’llarida karvonsaroy va quduqlar qurilishi savdoni rivojlantirdi. Akbarshoh markaziy davlat apparatini takomillashtirdi. Uning o’g’li Jahongir (1605-1627) boburiylar davlatini kengaytirib, 1614 yil Mevarni, 1615 yil Assomni va 1620 yil Kashmirdagi kichik Keshtvora knyazligani bosib oldi. Boburiylarning eng mashhur hukmronlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1658-1707). U Depan va Bijapurni bo’isundirdi. Akbar, Shohjahon va Avrangzeb hukmronligi davrida boburiylar imperiyasi taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iktisod va madaniy hayot o’sdi. Avrangzeb vafotidan so’ng ichki kurashlar kuchaydi. Bundan tashqari Ovro’poliklar (Portugaliya, Daniya, Gollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada, mamlakat mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketdi. 1858 yil boburiylar imperiyasi ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.