Windows’ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli

⚡️ Windows’ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli

Agar Windows litsenziyasi rasmiy manbalardan xarid qilinmagan bo‘lsa tavsiya etilgan ushbu usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emasdir. Ulardan litsenziya kaliti yo‘qotilgan taqdirda, yoki, masalan, kompyuterdagi asosiy plata almashtirilganida foydalanish tavsiya etiladi.

1️⃣. Блокнот dasturi yordamida

01. Google’ga windows 10 activator txt (yoki darhol) get.msguides.com/windows-10-8.1-8-7.txt havolasi bo‘ylab o‘ting.
02. Matnni nusxalaymiz va kompyuterimizda ishga tushirilgan Блокнот’ga joylashtiramiz.
03. Faylni ixtiyoriy nom ostida va .bat kengaytmasi bilan saqlaymiz (masalan, activation.bat).
04. Saqlangan faylni administrator nomidan ishga tushiramiz va bir daqiqa atrofida kutamiz.
05. Barchasi muvaffaqiyatli bajarilganiga amin bo‘lish maqsadida, WIN + I birikmasi orqali chaqiriluvchi “Параметры” oynasida “Обновления и безопасность” bo‘limiga o‘tamiz.

2️⃣. Power Shell yordamida

01. “Пуск” menyusini ochamiz va qidiruv maydoniga Powershell’ni kiritamiz va so‘rov natijasida yuzaga kelgan Windows PowerShell bandini administrator nomidan ishga tushiramiz.
02. slmgr /skms kms.loli.best’ni kiritamiz va yuzaga kelgan oynani yopamiz.
03. slmgr /ato’ni kiritamiz va yopamiz.
04. Xuddi shu harakatni slmgr /xpr uchun amalga oshiramiz.
05. Aktivatsiya qilingan operatsion tizimimiz bilan zavqlanamiz.

3️⃣. Buyruq satri (Командная строка) yordamida

01. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga cmd’ni kiritib ENTER’ni bosish orqali “Командная строка”ni ishga tushiramiz.
02. Microsoft rasmiy saytiga (https://docs.microsoft.com/ru-ru/windows-server/get-started/kms-client-activation-keys) o‘tamiz va u yerdan o‘zimizdagi Windows versiyasi uchun kalitni nusxalaymiz.
03. O‘zimizga kerakli kalitni joylashtirgan holda ushbu buyruqni Buyruq satri oynasiga bajarishga yuboramiz: slmgr/ipk W269N-WFGWX-YVC9B-4J6C9-T83GX.
04. So‘ngra ushbu buyruqni: slmgr /skms kms.digiboy.ir.
05. Va bunisini yuboramiz: slmgr /ato.
06. Tayyor!

📝 Manba: @tech_lifehacks

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x