DO`STLARGA ULASHING:
Windows tizimini o’rnatgandan so’ng, bajarilishi kerak bo’lgan 10 ta ish
Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows tizimi o’rnatilgandan so’ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta’sir qiladi. Demak, bu ishlar quyidagilar:
1. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini, iloji boricha lotin(ingliz) yozuvida bering. Ba’zi dasturlar borki, kiril yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi(misol uchun Oracle DB).
2. Windows tizimini aktivatsiya qiling.
3. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmauerni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o’chirib qo’ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o’chirish:
Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows
4. Windows tizimini yangilang va avtomat yangilanishni o’chirib qo’ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar, siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta’sir qilishini bilmaysiz, oldin tekshirib keyin qo’lda o’rnatganingiz ma’qul. Qanday o’chirishni bilmasangiz, mana bu (https://t.me/planetait/448) postni o’qing.
5. Drayverlarni o’rnating. Bu bo’yicha muammo bo’lmasa kerak, drayver o’rnatishni (https://t.me/planetait/583) ko’rib chiqdik.
6. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to’g’ri o’rnating. O’zbekiston uchun vaqt mintaqasi UTC+5.
Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o’rnatish:
Пуск → Параметры → Время и язык.
7. Asosiy dasturlarni o’rnating. Qanday dasturlar o’rnatish kerakligi haqida bilmasangiz, mana bu yerni (https://t.me/planetait/568) o’qing.
8. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko’rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo’lgan barcha periferik qurilmalarni(printer, skaner, mikrofon vahakazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim.
9. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqi rejimiga(спящий режим) o’tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash:
Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима.
10. Kompyuterni qayta yuklang(перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing.
☝️Bular eng asosiylari, qolgan sozlashlarni har bir foydalanuvchi ishlash jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi.