DO`STLARGA ULASHING:
Windows tizimi qachon o’rnatilgan va oxirgi martta kompyuter qachon yoqilganligini aniqlaymiz
Kompyuter qachon yoqilganligini bilish orqali, ko’p narsalarni aniqlash mumkin, masalan:
— Siz yo’qligingizda hech kim kompyuteringizni o’chirib yoqmadimi;
— dam olish uchun kompyuterdan uzoqlashganingizda, tok tezda o’chib qayta yonmadimi;
— ishhonangizda kompyuteringizni yoqib ketish odatingiz bo’lsa, kechasi bilan kompyuter «Перезагрузка» bo’lib ketmadimi;
— kompyuteringiz tez-tez o’zidan o’zi o’chib, yoqish odat chiqargan bo’lsa, har qancha daqiqada bu jarayon sodir bo’layotganini bilish uchun;
— katta hajmli faylni ko’chirish buyrug’ini berib, o’zingiz biror joyga ketganingizda, fayl ko’chish davomida uzilish bo’lmadimi;
— vahakazo;
Windows operatsion tizimi qachon o’rnatilganligini bilish orqali ham, har bir foydalanuvchi o’zi uchun biror narsani esga tushirish mumkin, misol uchun men, Windows o’rnatilgan sana orqali, kompyuterimni qachon sotib olganimni bilib olishim mumkin.
Demak, yuqoridagilarni aniqlaymiz:
1. Win + R -> cmd, orqali «Командная строка» oynasini ochamiz.
2. Qora ekranda, systeminfo deb yozamiz.
3. Windows tizimi qachon o’rnatilganini topish uchun, «Дата установки» qatorini topamiz.
4. Kompyuter oxirgi martta qachon yoqilganini bilish uchun, «Время загрузки системы» qatorini qaraymiz.
Yuqoridagi buyruq orqali, boshqa narsalarni ham bilish mumkin:
— Operatsion tizim versiyasi;
— kompyuter modeli;
— sistema nechi bitligini;
— protsessor haqida ma’lumot;
— vahakazo.
☝️Terminda, kompyuter qachon oxirgi martta yoqilganligi «uptime» deb ataladi, linux tizimi ishlatadiganlar, uptime buyrug’i orqali bu ma’lumotga ega bo’lishligi mumkin.
Systeminfo buyrug’i Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirib ko’rildi.