Wi-Fi routerni qayerga o’rnatsak signal yaxshi tarqaladi

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Wi-Fi routerni qayerga o’rnatsak signal yaxshi tarqaladi
#ancha_foydali

Odatda biz, Wi-Fi routerdan, kelayotgan internetni simsiz tarqatish maqsadida foydalanamiz, ya’ni routerga provayder taqdim etgan internet, biror kabel orqali keladi va router shu internet bilan foydalanuvchilar o’rtasida simsiz marshrut hosil qilib beradi.

Wi-Fi router tarqatayotgan signal qanchalik yaxshi(quvvatli) bo’lsa, provayder taqdim etgan internet tezlik shunchalik stabil va yo’qotishsiz bo’ladi. Shunday ekan, Wi-Fi router signalini bir tekisda tarqalishiga sharoit yaratib berishimiz lozim. Buning uchun, routerimizni signal tarqalishi uchun qulay joyga o’rnatish lozim.

1. Routerni mikroto’lqinli pech, radiotelefon yoniga joylashtirmang
Router 2,4 yoki 5 GHz chastotali to’lqin tarqatadi, agar bu chastotada boshqa to’lqinlar ham bo’lsa, bu to’lqinlar bir-biriga xalaqit beradi. Mikroto’lqinli pech, radiotelefon, bluetooth jihozlari aynan 2,4 GHz chastotada ishlaydi.

2. Nur qaytaruvchilarga qaratib o’rnatmang
Oyna(tosh oyna) yoki oynali biror jihozga qaratib yoki yoniga routeringizni joylashtirmang. Nur qaytaruvchilar signalga xalaqit beradi yoki signalni so’ndiradi.

3. Routerni devorga yaqin joylashtirmang.
Qalin devorlardan signal yaxshi o’tolmaydi, shuning uchun hech bo’lmaganda, deraza yoki eshikli devor tomonga joylashtiring, signal o’tishi uchun qandaydir imkoniyat bo’lsin.

4. Routerni teparoqqa joylashtiring
Signal yuqoridan pastga yaxshi tarqaladi, shunday ekan oyoq ostiga joylashtirishdan saqlaning, mobil operatorlar antennalari ham binolar ustiga o’rnailadiku.

5. Router antennalarini yuqoriga qaratib qo’ying
Agar yuqoridagi tavsiyalarni bajargan bo’lsangiz, oxirgi tavsiya barcha antennalarni yuqoriga ko’tarib qo’ying, shunda signal yuqoridan boshlab tarqaladi va to’siqlar kam bo’ladi. Agar routerni devorga taqab joylashtirgan bo’lsangiz, antennalarini devorga qarama-qarshi tomonga yo’naltirib qo’ying, zero signal bemalol tarqalsin.

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x