DO`STLARGA ULASHING:
Wi-Fi routeringizni xakerlardan himoyalang (1-qism)
Shu mavzuda har xafta bitta-bittadan post berib borishga harakat qilaman, zero hozirda Wi-Fi routerni buzish bo’yicha internetda qo’llanmalar ko’payib qolgan.
Dastlab, Wi-Fi routerni ishlashi haqida qisqacha(internet misolida):
Wi-Fi routerga qayerdandir(sim orqali yoki simsiz) internet ulanadi, bu router shu internetdan boshqalar ham foydalanishi uchun imkon yaratib beradi. Faqat ma’lum insonlar foydalanishi uchun login(SSID) va parol tizimini qo’llaydi.
Shu login va parolni bilgan istalgan inson, Wi-Fi tarqatayotgan internetdan foydalanishi mumkin.
Ko’pchilik shu tizimni buzib, ruhsat etilmagan holda, internetdan foydalanishga harakat qiladi. Tizimni buzishda har xil dasturlardan foydalaniladi, bu dasturlar asosan noto’g’ri sozlangan routerlarni tez va oson buzadi. Demak, routerni sozlash bo’yicha dastlabki maslahat:
Routerning WPS imkoniyatini o’chirib qo’ying.
WPS haqida yuqorida yozib o’tgan (https://t.me/planetait/521) edim, parolsiz kirish, juda qulay va tez. Bu imkoniyat, routerni buzishda eng asosiy sabab sanaladi. Routerni buzadigan asosiy dasturlar shu imkoniyatdan foydalanishadi.
Misol:
Mashinalarni o’g’irlaydigan inson, mashinalar turadigan stoyankaga kelib, dastlab biror mashinani eshigi ochiq qolmaganmi shuni tekshirib chiqadi. Agar qaysidir mashinani eshigi ochiq qolgan bo’lsa, hech qanday muammosiz mashinani o’g’irlab ketadi. WPS ham shu ochiq mashina kabidir.
WPS ishlatmang! demoqchi emasman, faqat kerakli paytda ishlating va darhol o’chirib qo’ying.
Nima sababdan WPS xavfsiz?
Aytishingiz mumkin, WPS tugmani bosmaguncha hech kim ulanaolmaydiku deb, lekin WPS faqat tugmani bosganda emas, balki router orqasidagi PIN kodni kiritganda ham «o’z eshigini ochib beradi».
Bu PIN 8 xonalik va hammaga ko’rinarli joyda bo’ladi, hamda bu sakkiz honalik sonni dasturlar orqali topib olish muammo emas.
Routerda WPS imkoniyatini o’chirish;
TP-Link routerda:
192.168.1.1 orqali admin panelga kiramiz va:
Беспроводной режим -> Защита -> WPS -> Отключено
ASUS routerda:
192.168.1.1 orqali admin panelga kiramiz va:
Дополнительные параметры -> Беспроводная связь -> WPS
ZyXEL routerda:
192.168.0.1 orqali admin panelga kiramiz va:
Настройка беспроводной сети -> WPS
☝️Boshqa modellarda WPS qanday o’chirilishini internetdan muammosiz topib olishingiz mumkin.