VULKANIZM — magmaning yer qaʼridan yer yuzasiga otilib chiqishi b-n bogʻliq boʻlgan hodisalar majmui. Vulkanizm natijasida harakatga kelgan magma Yer poʻstida qotgach, intruziv jinslarni va yer yuzasiga otilib chiqib vulkan jinslarini hosil qiladi. Vulkanizm jarayonlari Yer poʻstining chuqur qismlarida boʻlganda magma oʻchoqlari va kanallari hosil boʻladi, ularning atrofidagi togʻ jinslari yuqori harorat va magmaning taʼsir etishidan oʻzgaradi. Yer yuzasida vulkan konuslari (q. Vulkanlar), vulkan gumbazlari, kalʼderalar, lava oqimlari, pemzali qoplamlar, geyzerlar, issiq buloqlar va sh. k. hosil boʻladi. Turli xil Vulkanizm jarayonlari sodir boʻlishi natijasida Yer poʻstidagi togʻ jinslarining hajmi har yili 5 km3 ga koʻpayadi. Vulkanizm jarayonida atmosferaga koʻp vulkan gazlari, suv bugʻlari ajralib chiqadi va yerning gaz hamda gidrosfera qobigʻini hosil qiladi. Vulkanizm bilan koʻpgina yirik metall (oltin, kumush, surma, margimush va b. rudalar) va nometall (oltingugurt, alunit, boratlar, qurilish materiallari va b.) xamda qimmatbaho toshlar konlari bogʻliq, jumladan Oʻzbekistonda Qurama tizmasidagi alunit konlari. Vulkanizm kuchli planetar jarayon; vulkanlar, kalderalar, lava oqimlari va maydon-lari Oy, Mars, Merkuriy va Io (Yupiter yoʻddoshi)da aniqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые