VOSITACHILIK

VOSITACHILIK (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar oʻrtasida muzokaralar olib borilishini yoʻlga qoʻyish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini taʼminlovchi vositalardan biri. Vositachilik vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mashʼum «sovuq urush» tugallanib, Sharq b-n Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga oʻtilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun Vositachilikdan keng foydalanilmoqda. Mas., BMTning, BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va maʼlum maqsadlarda tuzilgan missiyalari Vositachilik faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada — Angola va Namibiya, Lotin Amerikasida — Nikaragua va Salvador, Osiyoda — Kampuchiya, Yevropada — Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar toʻxtadi, Yevropa Ittifoqining qator aʼzolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya boʻyicha aloqa guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir boʻlgan urushni tugallashga erishdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x