«VOMIQ VA UZRO» — Yaqin va Oʻrta Sharq xalqdarining ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan anʼanaviy epik asar. Mavzu Sharqxalklari folklori va adabiyotiga yunon adabiyotidan oʻtgan degan fikr mavjud. Davlatshoh Samarqandiy hamda oʻrta asr ijodkorlari asarlaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu mavzu Islomgacha ham mashhur boʻlgan. Asarning variant va versiyalari koʻp. Ularni anʼanaviy mavzu va obrazlar silsilasi bir-biriga yaqinlashtiradi. Barchasida oshiq-maʼshuqning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Folklor nusxalariga koʻra, arablarning saʼd qabilasi boshliqlaridan biri Sokinning yolgʻiz oʻgʻli Vomiq gul sayliga ketayotib, chavandoz Zaydning qizi Uzroni uchratadi. Yozma adabiyotdagi variantlarda Vomiq Uzroning suratini koʻrib unga oshiq boʻladi. Sevishganlar sarguzashti tenglik, adolat uchun kurash, xalqlar doʻstligi mavzulari b-n uzviy bogʻlanib, ijobiy qahramonlar zulmga qarshi kurashchi va ezgu xislatli kishilar sifatida gavdalanadi. «Vomiq va uzro va U.»ni oʻzbek, ozarbayjon, turkman, turk va b. xalqdar baxshilari ham kuylaganlar. Rahmatulla Yusuf oʻgʻliyat yozib olingan «Vomiq va Uzro» dostoni diqqatga sazovor.
Yozma adabiyotda «Vomiq va uzro va U.» mavzuida shoir Unsuriy (11-a.), Husayn Damiriy Isfaxoniy (16-a.) va b. asarlar yaratganlar.