VOLTAMPEROMMETR — elektr zanjiridagi tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan asbob. Asosan magnitoelektr milliampermetr va yarimoʻtkazgichli tugrilagich asosida turli Voltamperommetrlar ishlab chiqarshgadi. Mac, S56 rusumli Voltamperommetr 0,0003 dan 6 ampergacha tok kuchini, 0,3 dan 600 voltgacha kuchlanishni, 3000 kOm gacha qarshilikni oʻlchaydi. Keyingi vaqtlarda oʻta ixcham va puxta raqamli Voltamperommetrlar ishlab chiqarilmoqda. Vlar kundalik turmushda, z-dlarda, lab. larda har xil elektr va radiojihozlarni tekshirish, tuzatish hamda radiomontaj ishlarini bajarishda keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые