VOLOST

VOLOST (rus.) — Rossiyada uyezd tarkibiga kirgan quyi maʼmuriyhududiy boʻlinma. Turkistonda boʻlis, voʻlis deb yuritilgan. Volost 1861-y. gacha Rossiya hududida davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida maʼmuriyhududiy r-n sifatida tashkil qilingan. 1861-y. gi islohotdan soʻng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida Volost quyi maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng, Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) obl., uyezd, Volost larga boʻlingan. Turkiston general-gubernatorligiga harashli joylar 5 obl., 27 uyezd va 603 Volostga boʻlingan (1917). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng (1925-y. da) Oʻzbekiston hududida 241 Volost boʻlgan va 1926-y. gi iqtisodiy-maʼmuriy r-nlashtirishga qadar saqlanib turgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x