VOLGA BUYI QIRLARI

VOLGA BUYI QIRLARI — Volganing oʻng sohili boʻylab Nijniy Novgorod sh. dan Volgogradgacha choʻzilgan qirlar. Volga bilan Don daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. V. b. q. Volga ustidan tik koʻtarilib, Oka-Don pasttekisligiga qiyalanib boradi. Eng baland yeri (Xvalinsk sh. yaqinida) 375 m. Eni 500 km. Volga buyi qirlarining ayrim qismlari togʻ (Zmeyev togʻlari, Jiguli togʻlari va b.) deb ataladi. Ohaktosh, dolomit, gil, qum, mergellardan tarkib topgan. Shim.gʻarbiy va shim.-sharqiy qismlarida karst relyef shakllari uchraydi. Shim. keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ayrim joylari oʻrmon-dasht, jan. dashtdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x