VOLGA-BOLTIQ SUV YOʻLI

VOLGA-BOLTIQ SUV YOʻLI (sobiq Mariya suv yoʻli) — Volga daryosini Boltiq dengizi, Oq dengiz — Boltiq kanali orqali esa Oq dengiz bilan bogʻlovchi sunʼiy suv yoʻli. Cherepoves sh. gacha Ribinsk suv omboridan, Kovja daryosi, Mariya kanali, Vitegra daryosi, Onega kanali, Svir daryosi, Ladoga koʻli va Neva daryosi orqali oʻtadi. Mariya suv tarmogʻi 19-a. boshlarida kurilgan. 1964-y. da tubdan qayta qurilgan va V.-B. s. y. nomini olgan. Umumiy uz. 1100 km. Eng sayoz joyi 4 m. 5000 t gacha sigʻimli kemalar qatnoviga moʻljallangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x